Keyn azaliy orzusi ushalganidan xursand

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn 2025 yildagi eng sevimli lahzasi haqidagi savolga javob berdi.
"Menimcha, 2025 yildagi eng sevimli futbol lahzam Bundesligada g'alaba qozonish edi. Shubhasiz, birinchi sovrinimni - faoliyatimdagi birinchi jamoaviy sovrinni qo'lga kiritish men, jamoadoshlarim va barcha do'stlarim va oilam uchun ajoyib tuyg'u va o'zgacha lahza bo'ldi.
Buni ko'rish juda yoqimli bo'ldi", dedi Keyn.