Keyn Angliyada 20 mln evrolik «saroy» qurmoqda

Angliyalik hujumchi Xarri Keyn Myunxenda o'z o'rnini topgan bo'lsa-da, uning yangi loyihasiga qaraganda, u erda uzoq qolmoqchi emas. Keyn Angliyada yangi turar joy qurishni rejalashtirgan — ushbu loyiha futbolchiga 20 million evroga tushadi.
Gap haqiqiy saroy haqida ketmoqda. U erda yopiq basseyn kabi «mayda-chuyda»lardan tashqari, alohida kinozal va hatto vertolyot qo'nish maydonchasi ham bo'ladi. derbyderbyderby.it nashrining qayd etishicha, bu aslida kichik bir shaharcha bo'lib, u erda Keyn va uning oilasi tashqi olam bilan aloqa qilmasdan yashashi, shug'ullanishi va muhim bahslarga tayyorgarlik ko'rishi mumkin bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi 2023 yildan buyon «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Kommentariyalar