Keyn Angliya terma jamoasi muxlislariga murojaat qildi

Myunxenning «Bavariya» klubi va Angliya terma jamoasi hujumchisi Xarri Keyn Jahon chempionati yarim finalida Argentinadan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng muxlislarga murojaat qildi.
Keyn fanatlarga qo'llab-quvvatlaganlari uchun minnatdorchilik bildirdi va yirik turnirda chempionlikni qo'lga kiritish uchun inglizlarga yana biroz etishmaganini tan oldi.
«Kutilmalar yuqori ekanini bilaman va bu o'rinli: biz sakkiz yildan beri muvaffaqiyat ostonasida turibmiz, ammo bizga yana mozaikaning so'nggi bo'lagi etishmayapti», — deb yozdi hujumchi o'z ijtimoiy tarmoqlarida.
Keyn Angliya terma jamoasi safida ikki marta Evropa chempionati finaliga chiqqan va har ikki safar jamoa hal qiluvchi o'yinda mag'lub bo'lgan. Ikkita Jahon chempionatida — 2018 yil Rossiyada va 2026 yil AQShda inglizlar yarim finalgacha etib borgan, biroq raqiblarga imkoniyatni boy berishgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar