Xarri Keyn Angliya terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar beshligiga kirdi.

JCh-2026 saralashida Andorra bilan o'yin (2:0) 32 yoshli forvard uchun milliy jamoa libosidagi 108-o'yin bo'ldi.

Keyn bu ko'rsatkich bo'yicha Eshli Koulni ortda qoldirdi va Bobbi Mur bilan tenglashdi - endi ular 5-o'rinni bo'lishib turibdi.

Ulardan oldinda Stiven Jerrard (114), Devid Bekxem (115), Ueyn Runi (120) va Piter Shilton (125).