"Napoli" yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne ertaga, 29 oktyabr kuni Belgiyaning Antverpen shahrida operatsiya qilinadi. Bu haqda Corriere dello Sport, Gazzetta va Tuttosport nashrlariga tayanib Football-Italia xabar berdi.

Corriere dello Sport xabariga ko'ra, "Manchester Siti"ning sobiq yulduzi allaqachon operatsiyaga tayyorgarlik ko'rish uchun Belgiyaga etib kelgan.

Xavbek uch oydan to'rt oygacha safdan chiqadi. Uning taxminan 2026 yilning fevralida o'yinga qaytishi kutilmoqda.

De Bryuyne shanba kuni A Seriya doirasida "Inter"ga qarshi o'yinda son mushaklaridan jiddiy jarohat olgan edi.