Angliya Premer-ligasida to'qqizinchi turning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Ovoz berish jarayonida "Manchester Yunayted" hujumchisi Brayan Mbeumo g'olib bo'ldi. U "Brayton"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi. "Qizil iblislar" o'z maydonida 4:2 hisobida g'alaba qozondi.

Aytish kerakki, Angliya chempionati 8-turining eng yaxshi futbolchisi ham "Manchester Yunayted" vakili - himoyachi Xarri Maguayr bo'lgandi.

"Manchester Yunayted" Premer-liga turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.

Angliya chempionatining navbatdagi turida "qizil iblislar" safarda "Nottingem Forest"ga qarshi bahs olib boradi.