Ketishi aniq bo'lgan Saloh «PSJ» bilan o'yinda maydonga tushirilmadi

«Liverpul» vingeri Muhammad Saloh «PSJ»ga qarshi o'yinda maydonga tushmadi.
Chempionlar ligasining dastlabki chorak final uchrashuvida «qizillar» safarda parijliklarga imkoniyatni boy berishdi (0:2).
33 yoshli futbolchi butun o'yinni zaxira o'rindig'ida o'tkazdi.
Mart oyi oxirida misrlik futbolchi joriy mavsum yakunida klubni tark etishini e'lon qilgan edi.