Kerrik qishda yangi transferlar bo'lishi mumkinligini istisno qilmadi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik klub qishki transferlar oynasining so'nggi kunlarida tarkibni kuchaytirishi mumkinmi, degan savolga javob berdi.
"Biz shunchaki bu jarayon ustida ishlayapmiz. Hech qachon "hech qachon" demang - ko'p narsa sodir bo'lishi mumkin, turli vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Biz xotirjammiz va nimalarga qodirligimizni ko'rsatdik. Yaqin kunlarda nima bo'lishini ko'ramiz," - dedi Kerrik jurnalistlarga.
Ayni damda Maykl Kerrik "Manchester Yunayted"ni Premer-liga doirasidagi "Fulxem"ga qarshi uy uchrashuviga tayyorlamoqda.