«Manchester Yunayted» so'nggi uchta o'yinning ikkitasida ochko yo'qotdi.

Maykl Kerrik jamoasi kecha APLning 31-turi doirasida «Bornmut» bilan durang o'ynadi (2:2). 15 mart kuni jamoa «Aston Villa»ni mag'lub etgan edi (3:1), 4 martda esa «Nyukasl»ga imkoniyatni boy bergan (1:2).

Yangi murabbiy qo'l ostida mankunianliklar jami 10 ta o'yin o'tkazishdi. Ularda ettita g'alaba, ikkita durang va bitta mag'lubiyat qayd etilgan.

13 aprel kuni «MYu» «Lids» bilan to'qnash keladi.