Kerrik «MYu»ning doimiy murabbiyiga aylanishi mumkin — Romano

"Manchester Yunayted" mavsum oxirigacha ijobiy natijalar qayd etsa, va Evropa Chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kirita olsa, klub rahbariyati Mayk Kerrikni doimiy asosiy murabbiy sifatida olib qolishi mumkin. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar rahbariyati yozgacha qaror qabul qilmaydi va boshqa variantlarni ham o'rganishda davom etadi.
"Qizil iblislar" o'zining navbatdagi o'yinini 1 fevral kuni APL 24-turida "Fulxem"ga qarshi o'tkazadi.