Kerrik muxlislarning kayfiyati va jamoa oldidagi vazifalar haqida gapirdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik muxlislar jamoaning so'nggi muvaffaqiyatlarini qanday qabul qilishlari kerakligi haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Ma'lumki, "qizil iblislar" Premer-liganing oxirgi to'rtta o'yinida g'alaba qozonishdi.
"Muxlis uchun jamoa muvaffaqiyatlaridan xursand bo'lish — normal holat. Ular stadionni yaxshi kayfiyatda tark etishlari va qaytishni intizorlik bilan kutishlari kerak. Bizning vazifamiz — ularga shuni berishdir. Oxirgi haftalarda ko'rsatgan o'yinlarimiz juda ajoyib bo'ldi. Biz buni rivojlantirishda davom etishimiz lozim", — dedi Kerrik TNT Sports telekanaliga.