Kerrik Muhammad Salohga bo'lgan hurmatini izhor qildi
«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik «Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh haqida o'z fikrlarini bildirdi. Misrlik yulduz jamoalar o'rtasidagi bo'lajak bahsni o'tkazib yuboradi. Uchrashuv yakshanba kuni «Old Trafford» stadionida bo'lib o'tadi.
Mersisaydliklar safidagi so'nggi mavsumini o'tkazayotgan Saloh jarohati sababli ushbu printsipial to'qnashuvda ishtirok eta olmaydi.
«Salohning yo'qligi biz uchun foydalimi? Men bunday demagan bo'lardim, chunki "Liverpul"da ajoyib o'yinchilar juda ko'p. Ularning tarkibi juda kuchli va u erda individual mahoratga ega futbolchilar etarlicha topiladi. Biroq, shuni tan olish kerakki, Saloh shu yillar davomida eng yaxshilardan biri bo'lib keldi. U uzoq vaqt davomida chempionatning ko'rki bo'ldi va bu katta hurmatga loyiq», — dedi Karrik matbuot anjumanida.
«MYu» va «Liverpul» o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 19:30 da start oladi.