"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Maykl Kerrik jamoa hujumchisi Brayan Mbeumo haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, Brayan - universal. Bilasizmi, u hujumda turli rollarni o'ynashi mumkin. To'g'risini aytganda, hujum chizig'idagi deyarli barcha yigitlarimiz me'yor doirasida turli rollarni o'ynay olishadi. Brayan intizom borasida muhim rol o'ynaydi," - deb Kerrikning so'zlarini keltiradi Manchester United Forever.

"Manchester Yunayted" 26 yoshli hujumchini 2025 yilning yozida "Brentford"ga 75 million evro evaziga sotib olgandi. "Qizil iblislar" safida kamerunlik futbolchi Premer-ligada 18 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.