Kerrik «Manchester Yunayted»ning Londondagi muvaffaqiyatiga izoh berdi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya chempionatining 33-turi doirasida safarda «Chelsi» ustidan qozonilgan g'alabaga (1:0) izoh berdi.
«Diskvalifikatsiyalar va so'nggi kunlarda Leni Yoro olgan engil jarohatni hisobga olsak, bu g'alabaga to'la loyiq edik. Markaziy himoyachilar juftligi biz uchun ma'lum bir sinov bo'lishini bilardik. Menimcha, ularning ikkalasi ham ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Biz qarshi hujumlarda xavfli ko'rindik, zarbalar soni esa buni to'liq aks ettirmaydi. Bu erga kelib, kerakli natijaga erishganimizdan xursandman. Ular (Chelsi) — murakkab jamoa. Biz ko'p mehnat qilishimizga to'g'ri keldi va yigitlarning o'yinga bo'lgan munosabati benuqson edi. Muxlislar esa shunchaki hayratlanarli. O'yin yakunidagi o'sha lahzalar — inson xotirasida saqlab qolishni va huzurlanishni istaydigan daqiqalardir», — deya ingliz mutaxassisining so'zlarini NBC keltiradi.