Kerrik: «Kobbi Maynu — ham hujumda, ham himoyada birdek foydali futbolchi»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik yosh iqtidor egasi Kobbi Maynuning so'nggi o'yinlardagi harakatlariga yuqori baho berdi.
Mutaxassis futbolchining universal ekanini alohida e'tirof etdi.
«Xuddi «Chelsi»ga qarshi bahsda bo'lgani kabi, u to'p bilan ham, to'psiz ham, himoyada va hujumda ham universal futbolchi ekanini isbotladi. Biz uning bunga qodir ekanini bilardik va u buni amalda namoyish etayotganini ko'rish juda yoqimli. Kobbi ayni damda ajoyib sport formasida», — dedi Kerrik.