Yanvar oyida Kazemiro mavsum yakunida «Manchester Yunayted»ni tark etishini e'lon qilgan edi. Braziliyalik futbolchi yuqori saviyada o'ynashda davom etmoqda va dushanba kuni Premer-liga doirasidagi «Brentford»ga qarshi o'yinda gol urishga ham muvaffaq bo'ldi.

«Vaziyat har ikki tomon uchun ham juda aniq: hamma narsa tushunarli, qaror qabul qilib bo'lingan. Lekin men Kazemiroga qoyil qolaman, u maydonda bor kuchini berib harakat qilmoqda», — dedi Kerrik jurnalistlarga.

Hozirda «Manchester Yunayted» Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'rinni egallab turibdi va Chempionlar ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritishga juda yaqin.