Kerrik Fernandeshning "Manchester Yunayted"dagi rolini alohida qayd etdi

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Kerrik Brunu Fernandeshning klubdagi o'rni haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Brununing hissasimi? Buni ta'riflab berish uchun juda ko'p vaqt kerak bo'ladi! U kelgan ilk kunidayoq klubga ko'p narsa berdi. Bugun u turli pozitsiyalarda harakat qildi va yakunda chap qanotda paydo bo'lib, gol urdi. U jamoaviy o'yinchi va jamoaga katta foyda keltiradi. U jasorat ko'rsatishga qodir, biz uning qanday darajadagi futbolchi ekanligini yaxshi bilamiz", — dedi Kerrik TNT Sports telekanaliga.