Londonning "Arsenal" klubida harakat qilayotgan darvozabon Kepa Arrisabalaga "Real" haqida berilgan savolga javob berdi.

– "Real" sen uchun nimani anglatadi?

– Hamma narsa. Men klubda ko'p vaqt bo'lmadim, ammo "Real" mening uyim bo'lgan va hamon shunday bo'lib qolmoqda", - dedi 31 yoshli ispaniyalik golkiper.

U 2023/24 yilgi mavsumda "qaymoqranglilar" safida ijarada harakat qilgan.