Kelvin Fillips faoliyatini davom ettirish uchun variant topdi

Angliyalik xavbek Kelvin Fillips joriy transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda «Football Insider» nashri yozmoqda.
«Sheffild Yunayted» futbolchini o'z nishoniga olgan. Xavbek mavsumning ikkinchi yarmida ushbu jamoada ijara asosida to'p tepgan edi. Tomonlar faol muzokaralar olib borishmoqda. «Transfermarkt» Fillipsning qiymatini 2,5 million evroga baholamoqda.
Kelvin Fillips 2022 yilda «Lids»dan «Manchester Siti»ga o'tgan edi. Transfer summasi 49 million evroni tashkil qilgan. O'shandan beri yarim himoyachi «shaharliklar» safida 32 ta o'yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar