«Yuventus» klubining futbol strategiyasi bo'yicha direktori Jorjo Kellini hujumchi Dushan Vlaxovichning jamoadagi taqdiri haqida gapirdi.

«Bugungi «Fiorentina»ga qarshi o'yin Vlaxovich uchun «Yuventus» libosidagi oxirgisi bo'lib qolmaydi, deb umid qilamiz», — deya Kellinining so'zlarini keltiradi insayder Nikolo Skira.

Dushan Vlaxovich 2022 yilda «Fiorentina»dan «Yuventus»ga 85 million evro evaziga o'tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Joriy mavsumda serbiyalik hujumchi turinliklar safida barcha turnirlarda 22 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Transfermarkt» portali Vlaxovichning narxini 35 million evroga baholamoqda.