"Yuventus"ning sobiq sardori Djordjo Kellini jamoa bosh murabbiyi Luchano Spaletti haqida gapirdi.

"G'alaba qozonish istagi allaqachon katta qadamdir. Spalletti buni birinchi kundanoq hammaga aytdi va uni qayta-qayta takrorlaydi. U hammani quchoqlagan odam; u bu sevgini hammaga etkazishi kerak. Klub oshxonasida biz uchun qayg'uradigan bir odam bor. Spalletti birinchi qilgan ish uni quchoqlash bo'ldi. U odamlarga hamdard bo'ladi, ularning klubdagi mavqeidan qat'iy nazar" - dedi klub matbuot xizmatiga.

Spalletti 2025 yilning 30 oktyabr kuni Igor Tudor ishdan bo'shatilgandan so'ng “Yuventus” bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Italiyalik murabbiyning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.