Kellexer uchun penaltilarni qaytarish qiyin ish emas

“Manchester Yunayted” darvozasiga belgilangan penaltini Kuin Kellexer qaytardi.
APLning 6-turida “Brentford” Manchester klubini 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Ikkinchi bo'limda “Brentford” darvozaboni Kuin Kellexer “Manchester Yunayted” sardori Bruno Fernandesh tomonidan tepilgan penaltini qaytardi.
Kellexer penaltilar seriyasini hisobga olmaganda “Liverpul” va “Brentford”da o'ynagan vaqtida ettita penaltidan to'rttasini (57%) saqlab qolgan.