"Seltik" hujumchi Kelechi Ixeanachoni erkin agent sifatida transfer qilganini e'lon qildi.

Nigeriya terma jamoasining 28 yoshli futbolchisi Shotlandiya klubi bilan "1+1" ko'rinishida shartnoma imzoladi.

Bir kun avval Ixeanacho "Sevilya" bilan shartnomasini bekor qilgan va o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini "Midlsbro"da ijara asosida o'tkazgandi (15 o'yinda 1 gol).

Hujumchi "Manchester Siti" va "Lester"dagi o'yinlari bilan ham tanilgan.