Kelasi mavsumda "Real"ga qaytishi aniq bo'lgan ikki futbolchi nomi aniq bo'ldi

«Real Madrid» allaqachon yozgi transfer oynasiga tayyorgarlik ko'rishni boshladi. «AS» nashri madridliklarning tarkibni kuchaytirish va qayta qurish rejalari haqida maqola e'lon qildi.
«Endrik va Niko Pas — 2026/2027 yilgi mavsum uchun ilk xaridlar» — deyiladi sarlavhada.
Qayd etilishicha, «Real» Endrikni «Lion»ga ijaraga berib yuborganidan biroz afsusda va keyingi mavsumda unga asosiy tarkib o'yinchisi sifatida ishonch bildirmoqchi. Endrik Frantsiyada ajoyib formada (5 o'yinda 5 gol) va uning ijarasi uzaytirilmaydi.
Niko Pasga kelsak, «qaymoqranglilar» 21 yoshli hujumkor yarim himoyachini «Komo»dan qayta sotib olish huquqini faollashtiradi. 2026 yil uchun bu summa 9 million evroni tashkil etadi.