Kelgusi mavsumda evrokuboklarda ishtirok etadigan deyarli barcha Ispaniya klublari nomi ma'lum bo'ldi.

Chempionlar ligasida «Barselona», «Real», «Vilyarreal», «Atletiko» va «Betis» ishtirok etadi.

Evropa ligasida «Selta» va «Real Sosedad» o'z imkoniyatlarini sinab ko'rsa, «Xetafe» Konferentsiyalar ligasining saralash bosqichida qatnashadi.

Shuningdek, kelgusi mavsumda «Rayo Valekano» ham evrokuboklarga yo'l olishi mumkin. Buning uchun madridliklar Konferentsiyalar ligasi finalida «Kristal Pelas»ni mag'lub etishlari lozim — bunday holatda klub Evropa ligasi yo'llanmasini qo'lga kiritadi.