Kelasi mavsum APLning kamida 5 ta klubi Chempionlar Ligasida o'ynaydi

Angliya Premer Ligasi (APL) 2026/27-yilgi mavsum uchun Chempionlar Ligasida qo'shimcha yo'llanmani muddatidan oldin kafolatladi. Endilikda Angliya chempionatida kuchli beshlikdan joy olgan barcha jamoalar to'g'ridan-to'g'ri qit'aning eng nufuzli turniri asosiy bosqichiga yo'l oladi.
Londonning “Arsenal” klubi EChL chorak finalining dastlabki uchrashuvida Portugaliyaning “Sporting” jamoasi ustidan g'alaba qozonishi (1:0) bu masalada hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi. Ushbu natija tufayli Angliya UEFA koeffitsientlar jadvalida joriy mavsum yakuniga ko'ra kuchli ikkilikdan joy olishi aniq bo'ldi.
UEFA reglamentiga ko'ra, bir mavsum davomida eng yaxshi koeffitsient to'plagan ikki mamlakatga Chempionlar Ligasining yangilangan formatida qo'shimcha kvotalar taqdim etiladi.
UEFA koeffitsientlar jadvali (Joriy holat):
Angliya — 225.125 ochko (Hozirda evrokuboklardagi qatnashayotgan jamoalar soni: 5). Mavsumiy koeffitsient: 25.013
Ispaniya — 162.250 ochko (Hozirda evrokuboklardagi qatnashayotgan jamoalar soni: 6). Mavsumiy koeffitsient: 20.281
Germaniya — 138.000 ochko (Hozirda evrokuboklardagi qatnashayotgan jamoalar soni: 3). Mavsumiy koeffitsient: 19.714
Portugaliya — 94.500 ochko (Hozirda evrokuboklardagi qatnashayotgan jamoalar soni: 3). Mavsumiy koeffitsient: 18.900
Italiya — 131.000 ochko (Hozirda evrokuboklardagi qatnashayotgan jamoalar soni: 2). Mavsumiy koeffitsient: 18.714
Ma'lumot uchun, ayni paytda Angliya Premer Ligasi turnir jadvalida “Arsenal” etakchilik qilmoqda. Pep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” ikkinchi pog'onani band etgan bo'lsa, “Manchester Yunayted” kuchli uchlikni yakunlab turibdi. Keyingi o'rinlardan “Aston Villa” hamda “Liverpul” joy olgan.