Kazemiro: «Ronaldu boshqa dunyodan, lekin men uchun Beyl eng zo'ri edi»

Hozirda «Manchester Yunayted»da to'p surayotgan «Real»ning sobiq futbolchisi Kazemiro madridliklarning sobiq hujumchisi Garet Beyl haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Eng muhim paytlarda, Chempionlar Ligasi va Kubok finallarida u gol urardi. «Liverpul»ga qarshi ikki marta, shuningdek, «Atletiko»ga qarshi ham gol urgan. Krishtianu — boshqa dunyodan, bu muhokama qilinmaydi, lekin men uchun Beyl eng zo'ri edi. U ham hujum qilardi, ham himoyalanardi, bosh bilan o'yinda kuchli edi, gol urardi, fol ishlatardi. U juda yaxshi, juda tez va juda kuchli edi. Hamma narsani uddalay olardi, bu aql bovar qilmas darajada edi», — dedi Kazemiro Rio Ferdinandning podkastida.
Eslatib o'tamiz, Garet Beyl 2013 yildan 2022 yilgacha «Real»da o'ynagan. Uelslik futbolchi Madrid klubi tarkibida jami 16 ta sovrinni qo'lga kiritgan.