Kazemiro: «Neymar JCh–2026da o'ynashi kerak»

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro «Santos» hujumchisi Neymar 2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasiga katta foyda keltirishiga ishonishini bildirdi.
«Neymar hech kimga hech narsani isbotlashi shart emas. Agar u optimal formada bo'lsa, uning jahon chempionatida ishtirok etishi borasida hech qanday bahs bo'lmasligi kerak. Neymar o'sha musobaqada albatta o'ynashi kerak — u Braziliya terma jamoasining yulduzi», — dedi Kazemiro.
Ma'lumot uchun, joriy mavsumda Neymar klub darajasida 11 ta o'yinda ishtirok etib, 4 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.
2026 yilgi jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi S guruhida Marokash, Gaiti va Shotlandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Manba: championat.com