Kazemiro Neymar haqidagi savolga keskin javob qaytardi

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Kazemiro jurnalistning Neymar haqidagi navbatdagi savoliga keskin javob berdi. Kazemiro «Santos» hujumchisi haqidagi savollardan charchaganini bildirib o'tdi.
«Biz har safar bu erga kelganimizda, gapiradigan yagona mavzuimiz — Neymar, Neymar, Neymar... Menimcha, Neymar ham tarkibdagi boshqalar kabi oddiy futbolchi, u 26 nafar o'yinchi orasidagi muhim futbolchi, xolos», — dedi Kazemiro ommaviy axborot vositalari vakillariga.
Avvalroq Neymar yana jarohat olgani sababli, Braziliya terma jamoasining mundial uchun qaydnomasidan chiqarib tashlanishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Jahon chempionatining guruh bosqichida Braziliya terma jamoasi Marokash (14 iyun), Gaiti (20 iyun) va Shotlandiya (25 iyun) terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.