Kazemiro Messining jamoadoshiga aylanadi

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Kazemiro tez orada Lionel Messi to'p surayotgan «Inter Mayami» klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, 34 yoshli futbolchining transferi to'liq hal bo'lgan. Yaqin vaqt ichida barcha hujjatlarga imzo chekilishi va transfer rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Kazemiro 2022 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Yakunlangan mavsumda tajribali xavbek barcha turnirlarda 35 ta o'yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali braziliyalik yarim himoyachining bozor qiymatini 6 million evroga baholamoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar