Jahon chempionatining 1/16 finalidan o'rin olgan Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvda Janubiy amerikaliklar 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan vaqtda, bahsda gol urishga ulgurgan yarim himoyachi Kazemiro zaxiraga olindi.

Zaxiraga olinishidan oldin Kazemiroga tibbiy yordam ko'rsatildi va u sonida og'riq his qilayotgan edi. Tajribali yarim himoyachi jarohat olgan bo'lishi ehtimoldan xoli emas.

Manba: Stadion.uz