Kazemiro almashtirilishini bilib hayratda qoldi (foto+video)

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro APLning 18-turidan o'rin olgan "Nyukasl"ga qarshi o'yinning ikkinchi bo'limida almashtirilganidan juda hayron bo'ldi. "Old Trafford"da kechgan uchrashuvning 60-daqiqasida bosh murabbiy Ruben Amorim kutilmaganda braziliyalik futbolchini o'yindan oldi va uning o'rniga himoyachi Leni Yoro maydonga tushdi. Kazemiro o'z raqamini tabloda ko'rganida ishonmagani aniq va murabbiyning qaroriga hissiyot bilan munosabatda bo'ldi.
Kazemiro almashtirilgach, "Manchester Yunayted" himoyani kuchaytirdi va "Nyukasl" bosimiga dosh berib, kichik ustunlikni saqlab qoldi. Ushbu g'alaba jamoaga APLning kuchli to'rtligiga kirish uchun kurashga yaqinlashish imkonini berdi.
Ta'kidlash kerakki, bu Kazemironing joriy mavsum "Manchester Yunayted" safidagi 16-uchrashuvi bo'ldi. Bu mavsumda u to'rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
???????? Casemiro was in disbelief when he saw his number risen in the touch line to get subbed off the game.
— Manchester United Forever (@UtdForever7) December 27, 2025
pic.twitter.com/Ft1ZrPuDaV