"Chelsi" markaziy yarim himoyachisi Moyses Kaysedo Evropa grandlarida qiziqish uyg'otmoqda.

Caughtoffside xabariga ko'ra, 23 yoshli ekvadorlik futbolchini "PSJ" va "Real" uzoq vaqtdan buyon qo'lga kiritishni orzu qilib keladi. Londonliklar yarim himoya etakchisini osonlikcha qo'yib yubormaydi.

Hozirda Transfermarkt tomonidan 90 million evro qiymatiga ega bo'lgan Kaysedoning amaldagi shartnomasi 2031 yilgacha mo'ljallangan.

U "aristokratlar" uchun jami 107 ta o'yinda 6 ta gol urib, 10 ta assist bergan.