«Chelsi» yarim himoyachisi Moyses Kaysedo joriy mavsum davomida jamoada yuz bergan murabbiy almashinuvi borasida o'z fikrlarini bildirdi.

Yanvar oyida «ko'klar» bosh murabbiyi lavozimidan Entso Mareska iste'foga chiqarilgan edi. Italiyalik mutaxassisning o'rnini Liam Rosenor egalladi.

«Ha, bu qiyin bo'ldi, chunki biz Mareskaga va uning futboliga o'rganib qolgandik. Rosenor qo'l ostidagi moslashish jarayoni oson kechmayapti, ammo bilamanki, bu shunchaki vaqt masalasi — sekin-asta yangi talablarga ko'nikib boramiz. Hozir butun jamoa qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda, biroq oldinga intilishda davom etishimiz kerak — oldinda bizni ko'plab yaxshi kunlar kutmoqda», — deya Kaysedoning so'zlarini jurnalist Eduardo Burgos keltirmoqda.

«Chelsi» Premer-liganing 31-turidan so'ng turnir jadvalida oltinchi o'rinni egallab turibdi.