Kay Xaverts Chempionlar ligasi finallaridagi noyob natijani takrorladi

Kay Xaverts Chempionlar ligasi finallarida turli jamoalar safida gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi.
Germaniyalik futbolchi "PSJ"ga qarshi kechayotgan bahsda "Arsenal"ning asosiy tarkibida maydonga tushdi va 6-daqiqadayoq hisobni ochdi. U 2021 yilda "Manchester Siti" darvozasini ishg'ol qilib, "Chelsi"ga turnirdagi g'alabani taqdim etgandi.
Xaverttsga qadar ikkita finalda turli klublar safida gol urish Krishtianu Ronaldu ("Real" va "Manchester Yunayted") hamda Mario Mandjukich ("Yuventus" va "Bavariya") ga nasib etgandi.