Kay Xaverts bir necha haftaga safdan chiqdi — u muhim bahslarni o'tkazib yuboradi

«Arsenal» yarim himoyachisi Kay Xaverts mushaklaridan jarohat oldi va katta ehtimol bilan bir necha haftani o'tkazib yuboradi.
Jurnalist Devid Orshteyn o'zining «X» ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida xabar berishicha, 26 yoshli germaniyalik futbolchi «Brentford», «Uigan» (Angliya Kubogi), «Vulverxempton» va «Tottenxem»ga qarshi bo'ladigan uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.
Xaverts atigi o'tgan oydagina tizzasidan olgan jarohatidan forig' bo'lib, «kanonirlar» safiga qaytgan va so'nggi to'rtta o'yinda ishtirok etgan edi.
Ayni damda «Arsenal» tarkibida jarohatlar sababli Mikel Merino, Martin Edegor, Bukayo Saka va Maks Douman kabi etakchi futbolchilar ham maydonga tusha olishmayapti.