"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauxo "Sevilya"ga qarshi o'yinda (1:4) antiqahramonlardan biriga aylandi.

Aynan urugvaylik futbolchi o'yin boshida jarima maydoni ichida qoida buzdi - Aleksis Sanches penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Tanaffusda Arauxo o'rniga Erik Garsiya maydonga tushdi.

"Ba'zilar Arauxoni o'sha vaziyatda penalti bo'lmagani bilan oqlamoqda, ammo buning ahamiyati yo'q. Muammo shundaki, u qo'llaridan faol foydalangan holda o'ylamasdan kurashga kirishdi, kerak bo'lmaganda oyog'ini ham tiqdi," - deya kataloniyalik jurnalistning so'zlarini keltiradi Barca Universal.