Kataloniya klubi 125 yilligini nishonlamoqda

Ispaniyaning "Espanol" klubi bugun, 28 oktyabr kuni 125 yoshga to'ldi.
Opta statistik portali xabariga ko'ra, "to'tiqushlar" La Liga tarixiy jadvalidagi ettinchi klub hisoblanadi. Hammasi bo'lib ular Primerada 89 mavsum o'tkazdilar.
Shuningdek, "Espanol" Elita divizioni (1013) darajasida mingta g'alabaga erishgan ettita ispan jamoasidan biridir.
"To'tiqushlar"ning maksimal yutug'i bronza medallari bo'lgan. Bu mavqega jamoa to'rt marta erishgan: 1932-33, 1966-67, 1972-73, 1986-87 yillar.
Shuningdek, "Espanol" to'rt marta Ispaniya kubogini qo'lga kiritgan: 1928-29, 1940, 1999-2000, 2005-06 yillar.
Evropada Kataloniya klubi sovrinlarni qo'lga kiritmadi, ammo ikki marta UEFA kubogi finalida o'ynadi: 1987-88, 2006-07 yillar.