Italiyalik sobiq hujumchi Antonio Kassano "Milan"ning Italiya Superkubogi yarim finalida "Napoli"dan uchralgan mag'lubiyatini haqli deb hisoblamoqda. Massimiliano Allegri shogirdlari 2ta to'p o'tkazib yuborib, raqibga hech narsa qila olishmadi.

"Milan" 0 ta zarba yo'lladi, Milinkovich birorta ham zarbani qaytarmadi. 1:0 stavkasi har doim ham ish bermaydi. "Napoli" shunchaki g'alabaga loyiq edi," - deya Kassanoning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.

Endi "Napoli" Italiya Superkubogi finalida "Bolonya" bilan o'ynaydi, bu bugun, 22 dekabr, dushanba kuni bo'lib o'tadi. Kassano faoliyatini 2017 yilda yakunlagan.