Kassano: "Biz qolganlardan ancha kuchlimiz"

O'z vaqtida "Inter" sharafini himoya qilgan sobiq futbolchi Antonio Kassano "neradzurri"ning joriy mavsumdagi chempionlik imkoniyatlari haqida gapirdi.
"Skudetto? Biz uni faqat to'liq muvaffaqiyatsizlikka uchrasakkina boy berishimiz mumkin: biz qolganlardan ancha kuchlimiz", — deya Kassanoning so'zlarini keltiradi TuttoMercatoWeb.
Ayni damda Kristian Kivu shogirdlari Italiya chempionati turnir jadvalida birinchi o'rinni egallab turibdi — Milan jamoasi hisobida 26 turdan keyin 64 ochko bor.