Kasorla: "La Liga APLdan bir necha yorug'lik yili ortda qolmoqda"

Ikki karra Evropa chempioni, hozirda "Real Ovedo" sharafini himoya qilayotgan Santi Kasorla klubining "Rayo Valekano" bilan uchrashuvi qoldirilganidan norozi bo'ldi. O'yin rejalashtirilgan startdan bir necha soat oldin maysazorning yomon holati va noqulay ob-havo sharoiti tufayli bekor qilindi.
"Haqiqat shundaki, La Liga barcha parametrlar bo'yicha APLdan bir necha yorug'lik yili ortda qolmoqda", - deb yozdi alamzada Kasorla ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Qayd etish joiz, "Ovedo" rahbariyati ham yuz bergan voqeadan norozi bo'lgan, chunki jamoa stadionga etib kelishga ulgurgan va yakunda ma'lum miqdorda zarar ko'rgan.