Kasorla faoliyatini yakunlashiga ishora qildi

Ispaniyalik faxriy futbolchi Santi Kasorla o'zining qadrdon klubi «Ovedo»da faoliyatini tez orada yakunlashiga ishora qildi.
Ehtimol, uning bu qaroriga klubning muvaffaqiyatsiz mavsumi ham ta'sir o'tkazishi mumkin — ayni damda «Ovedo» La Liga turnir jadvalida so'nggi, 20-o'rinni egallab turibdi.
«Har bir narsaning boshlanishi va yakuni bor. Tanam "to'xta" degan kuni faoliyatimni to'xtataman. Ammo hayotim baribir futbol bilan bog'liq bo'lib qolaveradi», — deb yozdi 41 yoshli faxriy futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o'tamiz, ispaniyalik futbolchi ilgari Londonning «Arsenal» klubida ham to'p tepgan. U «kanonirlar» safida 2012 yildan 2018 yilgacha faoliyat yuritgan.