Kasilyas yurak huruji bilan kasalxonaga yotqizilgan vaqtda Messi qo'ng'iroq qilganini esladi

Ispaniya terma jamoasi va "Real" sobiq afsonaviy darvozaboni Iker Kasilyas Lionel Messining qo'ng'irog'ini esladi.
«2019 yilda yurak huruji bilan kasalxonaga yotqizilgandim. Ertasi kuni noma'lum raqamdan qo'ng'iroq keldi, men javob berdim — qo'ng'iroq qilgan Messi edi. U shunday dedi:
“Salom, Iker. Menda raqaming yo'q edi, ammo keyin Pikedan oldim. Tezda sog'ayishingni tilayman, sen uchun gul yubordim, umid qilamanki senga yoqadi".
Rostini aytsam, uning kamtarligi meni hayratga soldi — u bunga majbur emas edi, biz oldin do'st ham emas edik», - dedi hozirda 44 yoshda bo'lgan Kasilyas.