Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas jamoa yarim himoyachilari Federiko Valverde va Orelen Tchuameni o'rtasida yuzaga kelgan mushtlashuv borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

«Har qanday muammoni hal qilish mumkin. Bunday holatlar kiyinish xonasida uchrab turadi, bizning davrimizda ham bo'lgan. Bu shunday paytda yuz beradiki, atrofdagi hamma narsa odamning g'azabini qo'zg'aydi. Har bir narsaning o'z tsikli bor. «Real» avvalgi mavsumlarda erishgan muvaffaqiyatli davrlar kabi, hozir biroz murakkab bosqich etib keldi», — deya Kasilyasning so'zlarini keltirmoqda Diario AS.