Kasilyas: «Real» qaytishiga hech qanday shubha yo'q»

Madridning «Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas klub yana Evropa futboli cho'qqisiga qaytishiga shubha qilmayapti. Uning fikricha, bu tsiklik jarayon va jamoa uchun albatta yorug' kunlar keladi.
«Futbol tsiklik xarakterga ega. Natijalar bo'lmaganida bosim ortishi tabiiy. Ammo «Real» — futbol tarixidagi eng buyuk klub va uning qaytishida hech qanday muammo bo'lmaydi. Shampan vinosi ta'mining naqadar yoqimli ekanini qayta his qilish uchun bunday davrlar kerak», — deya Kasilyasning so'zlarini derbyderbyderby.it nashri keltirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Iker Kasilyas 1998 yildan 2015 yilgacha Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilgan.