"Real Madrid"ning sobiq darvozaboni Iker Kasilyas Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari to'qnash keladigan bo'lajak Jahon chempionati yarim finali haqida gapirdi. Kasilyasning so'zlariga ko'ra, Ispaniya va Frantsiya chorak finalda o'zlarining eng yaxshi o'yinlarini ko'rsata olishmadi.

"Menimcha, Frantsiya ham, Ispaniya ham o'z salohiyatlarining 70 foizida o'ynashdi. Seshanba kuni butunlay boshqacha bo'ladi. Dahshatli o'yin bo'ladi!", deb yozdi Kasilyas ijtimoiy tarmoqlarda.

Eslatib o'tamiz, chorak finalda Frantsiya Marokashni (2:0), Ispaniya esa Belgiyani (2:1) mag'lub etdi.

Ispaniya va Frantsiya 14 iyul kuni Jahon chempionati finaliga chiqish uchun o'ynaydi.

Manba: Stadion.uz