"Barselona" xavbeki Mark Kasado La Liga doirasidagi "Real Ovedo"ga (3:0) qarshi o'yinda chiroyli gol urgan Lamin Yamal haqida gapirdi.

18 yoshli vinger 73-daqiqada akrobatik uslubda darvozani ishg'ol qilib, yakuniy natijani qayd etdi.

"Lamin uzoq kutgan golini nihoyat kiritdi! Men unga fotosuratlarda mashg'ulotda emas, o'yinda shunday gol urganingda yaxshiroq ko'rinishini aytdim," - dedi Kasado o'yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.