"Barselona" yarim himoyachisi Mark Kasado "Real Madrid" bilan La Liga chempionligi poygasi haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yakshanba kuni kataloniyaliklar "Real Ovedo"ni 3:0 hisobida mag'lub etishdi va turnir jadvalida birinchi o'ringa qaytishdi, ammo ularning "Los Blankos"dan ustunligi juda kam - atigi bir ochko.

"Real Madrid" bilan poyga? Biz bir ochko farq bilan oldindamiz - bu muhim emas. Eng muhimi, biz nima qilishimiz kerakligini bilamiz.

Agar biz La Liga va boshqa musobaqalarda g'alaba qozonishni istasak, shunchaki o'z ishimizni davom ettirishimiz kerakligini juda yaxshi tushunamiz", - deya Kasadoning so'zlarini keltiradi Barca Times.