Kasado «Barselona»ni tark etishga yaqin

«Barselona» yarim himoyachisi Mark Kasado yozgi transfer oynasida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Ispaniya matbuoti xabar tarqatmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchiga Saudiya Arabistonining uchta klubi da'vogarlik qilmoqda. Xususan, «Al-Ahli», «An-Nasr» va «Al-Hilol» Kasadoning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Yarim himoyachining «ko'k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Mark Kasado — «Barselona» akademiyasi bitiruvchisi hisoblanadi. U kataloniyaliklar safida jami 70 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga bitta gol va ettita golli uzatmani yozdirib qo'ygan.