Karvaxalning o'rniga nomzod topildi: «Real» belgiyalik yosh yulduzni kuzatmoqda

«Real Madrid» «Bryugge»ning o'ng qanot himoyachisi Kiriani Sabbe xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, madridliklar ushbu futbolchini Dani Karvaxal uchun «ideal o'rinbosar» sifatida ko'rishmoqda. Faxriy himoyachining amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Ispaniyalik futbolchi «Real»ni erkin agent sifatida tark etishi mumkin.
Transfermarkt portali Sabbening transfer qiymatini 6 million evroga baholamoqda. Joriy mavsumda yosh iste'dod egasi «Bryugge» safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga uchta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.